Tojikiston hududida joylashgan 201-harbiy baza harbiy xizmatchilari “Sani” minomyotidan Sharqiy Pomir tog‘oldi hududida jangovar otishmalar uyushtirdi. Bu haqida Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar qildi “TASS”.
“Mashg‘ulot Lyaur poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari-2017 musobaqasining saralash bosqichi “Artilleriya o‘t ochish ustasi” doirasida bo‘lib o‘tdi. Minomyot otraydlari 120 millimetrli 2B11 “Sani” jangovar minomyoti yordamida bellashdi, bundan tashqari, 1,5 ming metr uzoqlikdagi nishonni aniq urish bo‘yicha otishmalar bo‘lib o‘tdi”, — deb xabar berdi matbuot xizmati.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar tankka qarshi RPG-7 qo‘lbola granatamyoti va AK-74 avtomatidan foydalanish ko‘nikmalarini ham namoyish qildi. Yakunda musoboqaning okrug bosqichida ishtirok etuvchi ikkita minomyot otryadi tanlab olindi.
201-harbiy baza — Rossiyaning o‘z hududidan tashqarida joylashgan ulkan harbiy inshooti. U Dushanbe va Qo‘rg‘on-Tepa shaharlarida joylashgan. 2012-yil oktabrida imzolangan Bitimga asosan harbiy qo‘shilma 2042-yilga qadar Tojikiston hududida bo‘ladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)