Venesuelaning Bolivar shtati aholisi mamlakat prezidenti Nikolas Maduro o‘tirgan avtomobilni toshbo‘ron qildi. Mojaro San-Feliks hududida sodir bo‘ldi, deb xabar qildi “TASS”.
Maduroga jarohat yetgan-yetmaganligi to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q. El Nacional gazetasining ta’kidlashicha, davlat televideniyesi fuqarolar himoyani buzib o‘tib, ko‘plab soqchilar qurshovida bo‘lgan prezident avtomobili tomon yugurgach voqea joyidan translyatsiyani uzib qo‘ygan. Besh nafar inson bo‘lib o‘tgan hodisaga aloqadorlikda qo‘lga olingan.
Venesuela aprel oyining boshidan beri siyosiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Bunga Oliy sudning prezident Nikolas Maduroga parlamentni chetlab o‘tib to‘laqonli harakat qilish imkonini beruvchi qarori sabab bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)