Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatiga qozoq alifbosini lotin yozuviga o‘tkazish grafigini tuzishni topshirdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Biz lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlaymiz. Hukumat qozoq tilini lotin alifbosiga o‘tkazish grafigini tuzishi kerak”, — deyiladi Nazarboyevning “Yegemen Kazaxstan” gazetasidagi mualliflik maqolasida.
“2017-yil oxirigacha olimlar va jamoatchilik vakillari bilan maslahatlashuvlardan keyin yangi qozoq alifbosining yagona standarti va lotin yozuvi grafikalari ishlab chiqilishi kerak”, — deya qayd etdi davlat rahbari.
“2018-yildan yangi alifboni o‘qitish uchun mutaxassislar tayyorlansin va o‘rta maktab uchun darsliklar chiqarilsin. Yaqin ikki yilda tashkiliy va uslubiy ishlar olib borilishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, Nazarboyev dastlabki vaqtlarda lotin yozuvi bilan bir qatorda kirill yozuvi ham qo‘llanilishini ta’kidladi.
Izoh (0)