Vestminster saroyining terrorchi Xolid Ma’sud parlament hududiga o‘tgan va politsiyachini o‘ldirgan darvozasi yangisiga almashtirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Daily Telegraph nashriga ko‘ra, avvalgi qo‘sh tabaqali dekorativ darvoza o‘rniga oralari sim to‘r bilan to‘silgan qora metall darvoza o‘rnatilgan. Yangi darvoza ko‘p vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan va bezorilar urinishlariga qarshi tura oladi.
Vestminster saroyi darvozasi ma’lum voqealardan so‘ng xavfsizlik talabiga ko‘ra almashtirilgani yoki eskisi ta’mirlashga jo‘natilganiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)