AQSh prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakili so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi kimyoviy hujum borasida Rossiya taqdim etgan ma’lumotlarga ishonib bo‘lmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning aytishicha, tinch aholi Suriya aviatsiyasi terrorchilarning kimyoviy qurol ishlab chiqariladigan omboriga bergan zarbasi natijasida halok bo‘lgani haqida Moskva taqdim etgan ma’lumotlar yetarlicha dalillarga ega emas.
“Biz buni ishonarli, deb hisoblay olmaymiz. Biz bunga ishonmaymiz”, — dedi Oq uy vakili, Rossiya keltirgan ma’lumotlarga munosabat bildirarkan.
Uning qayd etishicha, AQSh kimyoviy qurolning qo‘llanilishi va o‘nlab insonlarning qurbon bo‘lishiga Suriya rahbariyati va mamlakat prezidenti Bashar Asadni javobgar deb hisoblashda davom etadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)