AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jon Kellining ma’lum qilishicha, mart oyida AQSh—Meksika chegarasida 17 mingdan kamroq noqonuniy muhojir qo‘lga olingan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu kamija 2000-yildan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. 2017-yilning fevral oyida 23,5 mingdan ziyod muhojir chegarada to‘xtatib qolingan edi.
Kellining qayd etishicha, bunday ko‘rsatkichga AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy migratsiyaga qarshi olib borayotgan qat’iy siyosat ortidan erishilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)