Niderlandiyada bitta joyga to‘plangan elektromobillarning eng katta soni bo‘yicha yangi Ginness rekordi o‘rnatildi, deb yozadi “Motor”.
Brabant provinsiyasida yo‘lning 3,6 km qismi yopildi va u yerda 746 ta mashina saf tortdi, bu oldingi rekorddan 169 ta avtomobilga ko‘proq demakdir.
Rekord o‘rnatishda Tesla, BMW i3 hamda Nissan va Renault’larning elektr modifikatsiyalari, shuningdek, elektr kuchi bilan tortiladigan avtobuslar, yuk mashinalari va mototsikllar ishtirok etdi.
Tashkilotchilar ushbu tadbir doirasida to‘plagan pul mablag‘i kam ta’minlangan bolalarni o‘qitish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)