Dubay amirligida politsiyachi o‘z mashinasini to‘xtab turgan avtomobilga tasodifan urib olganidan so‘ng o‘z-o‘ziga jarima yozib berdi, deya xabar bermoqda UAE Inside.
Dubaylik politsiyachi misrlik shifokorning to‘xtab turgan mashinasiga tasodifan tegib ketgach, o‘z nomiga jarima yozdi, shifokorga esa YTH haqidagi hisobot nusxasi bilan birga xatcha qoldirdi.
Bunday xatti-harakat shifokorni shunchalik hayratda qoldirdiki, u xatcha suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, politsiyachiga minnatdorlik bildirdi.
Politsiya xodimini tezda topishdi va nafaqat mukofot uchun tavsiya qilishdi, balki lavozimini ham oshirishdi. U, shuningdek, ishini a’lo darajada bajargani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Izoh (0)