AQShda American Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi “Dallas—Albukerke” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz vaqtida olamdan o‘tdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Albukerke aeroporti vakilining so‘zlariga ko‘ra, kapitan dispetcherdan ikkinchi uchuvchi uchun tibbiy yordam so‘ragan vaqtida Boeing 737-800 layneri belgilangan manzildan 4 kilometr masofada bo‘lgan.
Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, yo‘lovchilardan hech biriga shikast yetmagan. Aviakompaniya vafot etgan ikkinchi uchuvchi — Uilyam Grabsning shaxsini tasdiqladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)