Milliarder Roman Abramovich Tel-Avivning Neve-Sedek tumanida oyiga 30 ming dollarlik uyni ijaraga oldi, deb yozadi Forbes.
Bino maydoni 300 kvadrat metrga teng, unda trenajyor zali, mehmonxona va to‘rtta yotoqxona bor. Globes gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda biznesmenning yangi qarorgohini loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar yashaydi. Qarorgoh esa sobiq The Varsano mehmonxonasi hududida barpo etiladi.
Abramovich ushbu yer maydonini 2015-yil aprelida 25 million dollarga sotib olgan edi. Bungacha mehmonxona aka-uka Gay va Yaron Varsanolarga tegishli bo‘lgan. Ushbu oldi-sotdi rossiyalik binesmen uchun Isroil ko‘chmas mulk bozoridagi birinchisi bo‘ldi.
Izoh (0)