Ozarbayjonda kuyov nikoh to‘yiga kelmagan mehmonlarni sudga berishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Vesti.az” nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Advokat Vugar Safarliga ismini oshkor qilishni xohlamagan shaxs nikoh to‘yiga taklif qilingan biroq kelmagan shaxslarni sudga bermoqchiligini ma’lum qilgan.
Advokat tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, bunday murojaatning qondirilishiga ishonish qiyin. “Tan olish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Ozarbayjonda nikoh to‘ylarini o‘tkazishga biznesning bir turi sifatida qaraydiganlar ko‘paymoqda”,— deydi advokat o‘z xabarida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)