Kalabriya viloyati mafiyasi — Ndrangeta boshlig‘i Santo Votarri Italiyada hibsga olindi, deya xabar beradi “TASS”.
45 yoshli mafiya a’zosi xalqaro qidiruvda bo‘lib, 2007-yildan beri huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlardan berkinib yurgan, Rejo-di-Kalabriya tumanidagi bino bunkerlarining biridan topildi. Agentlikning xabar berishicha, u hibsga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatmagan.
Santo Vottari San-Luka shahrining qudratli mafiya oilasi boshlig‘i hisoblanadi, mafiya urushlari hamda 2007-yilda nemis Duysburgida nihoyasiga yetgan Pelle—Vottari va Nitra—Stranjo oilalarining qonli to‘qnashuv qarama-qarshiliklariga aloqasi bor. Vottari sirtdan 10 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)