AQSh maxfiy xizmati Oq uy panjarasidan oshib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq poyabzalining ipi ilinib qolgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Maxfiy xizmat xodimlari ayolga yerga tushishga yordam berdi, so‘ng qo‘lga oldi.
Poytaxtga Vashington shtatidan kelgan 38 yoshli Marsi Valga noqonuniy kirishda ayblov e’lon qilindi.
Ayol o‘z aybini inkor etmoqda. U aprel oyiga belgilangan sud muhokamalariga qadar ozodlikka qo‘yib yuborildi.
Izoh (0)