Toshkentga 16-mart kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi rahbari Mihael Georg Link boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)