O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi. Shuningdek, 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab universitetda alloma nomini abadiylashtirish hamda uning merosini keng o‘rganish bilan bog‘liq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Qarorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari bilan ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini ta’minlash, an’anaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, TATUning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish haqida ham ko‘rsatma berilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)