Akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘quv guruhlari tarkibi 26 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmagan tarzda shakllantiriladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14-mart kuni imzolangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi
Shuningdek, pedagoglar tarkibi oliy ma’lumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar orasidan tanlov asosida shakllantiriladi.
“Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, akademik litseylar direktorligi uchun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda”, — deyiladi O‘zAda e’lon qilingan qaror sharhida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)