Qozog‘iston BMTning eng xatardan xoli tinchlikparvar missiyalarini tanlab oladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“BMT tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish masalalarini ko‘rib chiqayotganda eng muhim omil — harbiy xizmatchilarimiz xavfsizligini inobatga olamiz. Ya’ni, eng xatardan xoli missiyalar tanlanadi”, — deya ta’kidladi vazir parlament quyi palatasidagi chiqishi chog‘ida.
Kayrat Abdraxmanov Qozog‘istonda 2015-yil iyunida “Tinchlikparvarlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini eslatib o‘tdi.
Shubhasiz, bu ishlarning barchasi konstitutsiyada belgilanganidek parlament bilan yaqin hamkorlikda va Qozog‘istonning “Tinchlikparvarlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni asosida amalga oshiriladi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Kayrat Abdraxmanov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri
Izoh (0)