2016-yili Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri eng ko‘p bolalar qurbon bo‘lgani qayd etildi. Bu haqda BMT bolalar tashkiloti — YuNISEF vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
O‘tgan yil davomida mamlakatda kamida 652 nafar bola halok bo‘ldi. Bu 2015-yilga nisbatan 20 foizga ortiq. 850 nafardan oshiq bola jangovar harakatlarga jalb etilgan, bu ham 2015-yilga nisbatan ikki barobar ko‘p.
Statistikaga faqat rasman tasdiqlangan holatlar kiritildi, real raqamlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Xalqaro tashkilot vakillariga ko‘ra, Suriyaning ayrim hududlaridagi vaziyat bolalar ahvoli va ularning gumanitar yordamga ehtiyojini baholash imkonini bermaydi. Suriyalik bolalar nafaqat bomba yoki o‘qlar, balki tinchlik vaziyatida davolash mumkin bo‘lgan kasalliklar oqibatida ham olamdan o‘tmoqda.
Izoh (0)