Rossiyada Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari jangovar tayyorgarligining to‘satdan tekshiruvi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Astraxan va Volgograd viloyatlari, Qorachoy-Cherkasiya va Adigeyadagi tuzilmalar, harbiy qismlar, shuningdek, Rossiyaning Armaniston va Abxaziyadagi harbiy bazalari bo‘linmalarida jangovar tayyorgarlikning to‘satdan tekshiruvini boshlashga ko‘rsatma berdi”, — deyiladi okrug vakillari xabarida.
Okrug poligonlarida taktik mashg‘ulotlar, shuningdek, jangovar va maxsus tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazorat mashqlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tekshiruvga 6 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 1,5 ming texnika safarbar etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)