Xitoy dengiz piyodalari kuchlari shaxsiy tarkibini 5 barobar — hozirgi 20 mingdan 100 ming kishigacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Dengiz piyodalarining bir qismi Jibuti (Afrika) va Gvadardagi (Pokiston) ijaraga olingan portlarda joylashtiriladi.
Mamlakat maxsus bo‘linmalarining ikki brigadasi dengiz piyodalari tarkibiga kiritilgani, jami yana 6 brigada tashkil etilishi bildirilmoqda.
Boshlang‘ich vazifalar — Tayvan bilan ehtimoliy urush, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi mudofaadan tashqari mamlakat armiyasi dengiz missiyasi xorijga ham taalluqli bo‘lishini taxmin etish mumkin. Jumladan, bu Xitoyning Koreya yarim orolidagi manfaatlari va mamlakatning muhim dengiz kommunikatsiyalari xavfsizligi himoyasini o‘z ichiga olishi mumkin.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Li Sze, harbiy ekspert
Izoh (0)