O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida 9-mart kuni Saudiya Arabistoni elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollariga urg‘u berildi.
“Turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha ham fikr almashildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)