Shimoliy Koreyani Swift xalqaro bank tizimidan uzib qo‘yishdi. Bu haqda Reuters Belgiya tashqi ishlar vaziriga tayanib (Swift’ning bosh ofisi Bryusselda joylashgan) xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sanksiyalar Shimoliy Koreyaning uchta bankiga taalluqli bo‘lib, Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi raketa sinovlari bilan bog‘liq.
Ammo Swift’ning rasmiy saytida KXDR bilan ishlashdagi cheklovlar haqida hozircha axborot berilmagan.
6-mart kuni KXDR g‘arbiy sohilidan Yapon dengizi yo‘nalishida to‘rtta raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ma’lum qilishicha, raketalar ming kilometrga yaqin parvoz qilgan va ulardan uchtasi Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi hududiga qulagan.
Izoh (0)