Gvatemaladagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan yetimxonada yong‘in yuz berishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Hodisada jabrlangan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yana 20 dan ortiq kishi kasalxonada yotibdi. Ulardan ba’zilarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Fojia respublika poytaxti yaqinidagi San-Xose-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘ldi. Bundan avval yetimxonada ma’muriyat xodimlarining shafqatsiz munosabatidan norozilik tufayli, tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday tartibsizliklar chog‘ida yetimxonadan kamida 60 kishi qochib ketgan.
Mamlakat parlamenti voqea yuzasidan puxta tekshiruv olib borishni talab qildi. 8-mart, chorshanba kuni Gvatemala hukumati prezident Jimmi Morales farmoni bilan bolalar halokati tufayli uch kunlik motam e’lon qildi.
Izoh (0)