Turkiya tomonidan Germaniyada amalga oshirilayotgan josuslik harakatlari sezilarli darajada ko‘paydi. Bu haqda Germaniya ichki razvedkasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Konstitutsiyani muhofaza qilish federal byurosi (BfV) Turkiyaning Germaniyadagi razvedka urinishlari kuchayganini kuzatmoqda. Mamlakatdagi turk jamoasi orasida Turkiya konstitutsiyasi bo‘yicha referendum yaqinlashgani sari keskinlik ortib bormoqda”, — deya qayd etdi Reuters.
Turkiyada konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik boshlandi. Fuqarolar taklif etilayotgan o‘zgarishlarni ma’qullasa, Turkiya parlament emas, prezidentlik respublikasiga aylanadi.
Izoh (0)