Joriy sharoitlarda Pxenyan bilan muzokaralar olib borish ham, mintaqada AQSh tomonidan Janubiy Koreya bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib qo‘yish ham mumkin emas. Bu haqda Koreya Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Cho Te Yul Xitoyning KXDR tomonidan yadro dasturining to‘xtatib qo‘yilishi evaziga, harbiy manyovrlarni bekor qilish taklifini izohlayotib aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Hozir harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatib qo‘yish yoki Shimoliy Koreya bilan muzokaralar olib borish haqida gapiriladigan payt emas. Buning uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar tugab bitdi, Shimoliy Koreyaning xatti-harakatlarini tubdan o‘zgartirishning yagona usuli — unga bosim o‘tkazishda va sanksiyalar kiritishda davom etish”, — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar mudofaa xususiyatiga ega bo‘lib, “juda uzoq vaqtlardan buyon davom etmoqda. “Ushbu mashqlarni Shimoliy Koreyaning noqonuniy yadro va raketa bilan bog‘liq provokatsiyalariga muvofiqlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi u.
Izoh (0)