WikiLeaks sayti AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) faoliyatiga daxldor ma’lumotlarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
WikiLeaks ma’lumotlariga ko‘ra, MRB iPhone va Android smartfonlaridagi operatsion tizimlarni buzish imkonini beruvchi vositalarga ega.
“Aqlli” televizorlar xotirasidagi ma’lumotlar ham tahdid ostida, MRB uchun bunday buzg‘unchi dasturiy ta’minotni Engineering Development Group (EDG) tayyorlab beradi.
WikiLeaks’ning xabar berishicha, AQShning Frankfurt-Mayndagi konsulligi MRBning xakerlik operatsiyalari uchun niqob vazifasini bajaradi.
WikiLeaks materiallarida qayd etilishicha, MRBning texnik vositalari WhatsApp, Signal, Telegram, Weibo, Confide va Cloackman’ning shifrlangan himoyasini chetlab o‘tish hamda foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)