Facebook shaxsiy xabarlarda emoji orqali “dislayk” tugmasini qo‘yish imkoniyatini joriy qildi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma’lum qilgan.
“Bu emoji yordamida xabarga yanada aniqroq munosabatni ifodalash imkonini beruvchi kichik sinov”, — deya kompaniya ushbu yangilikni tasdiqladi.
Facebook yangi funksiyani messenjerdagi xabarga “yo‘q” deb javob berishning qisqa usuli deya ta’riflamoqda. Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq “dislayk” tugmasini joriy qilish bo‘yicha so‘rovlarni ancha vaqtdan buyon qabul qilib kelmoqda. Ammo kompaniya salbiy xabarlar haddan tashqari ko‘payib ketmasligi uchun bundan shu paytgacha o‘zini tiyib kelardi.
Izoh (0)