Litva parlamenti — Seym mamlakat harbiy obyektlarini AQSh qurolli kuchlari foydalanishi uchun taqdim etish haqidagi shartnomani yakdillik bilan ratifikatsiya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujjat qabul qilinishi uchun 111 nafar deputat ovoz berdi. Mamlakat prezidenti Dali Gribauskayte taklifi bilan shartnoma tezlashtirilgan holatda ratifikatsiya qilindi.
Kelishuvda amerikalik harbiy xizmatchilar mahalliy qonunchilikni buzgan taqdirda ularning ishlarini AQSh sud idoralari ko‘rishi belgilangan.
AQSh bilan hamkorlik haqidagi shunday shartnomalarni joriy yilda Latviya va Estoniya ham imzoladi. Mudofaa sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvlar AQSh tashabbusi bilan tashkillanmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)