Apple Inc. aksiyalari 13-fevral, dushanba kuni savdolar yopilishi chog‘iga kelib, 1 foizga o‘sdi va rekord darajadagi 133,29 dollarga yetdi, deb yozadi “Interfaks”. Bu kompaniya biznesi istiqbollari bozor tomonidan optimistik baholanishi fonida yuz berdi.
Apple kapitalizatsiyasi ayni paytda 700 milliard dollarni tashkil etadi, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Google qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasini 100 milliard dollarga ortda qoldirmoqda.
Bu yil birinchi iPhone chiqarilganiga o‘n yil to‘ladi, va bozor kompaniya unga savdo ko‘rsatkichlarini ko‘tarishda yordam beradigan bir nechta yangi qurilmalarni chiqarishini kutmoqda. Bundan tashqari, Apple’ning chet eldagi hisoblarida 230 milliard dollar to‘planib qolgan, AQSh soliq siyosatidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, ularni kompaniya tez orada mamlakatga qaytarishi mumkin.
Izoh (0)