Markaziy Xitoyning Xunan provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash 8 nafar konchi o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 14-fevral, seshanbaga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Portlash chog‘i konda 29 kishi bo‘lgan, ulardan 18 nafari falokat joyini tark etishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana uch kishining taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)