Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda qo‘yilgan maqsadlarga erishganligini, chunki Oq uy birinchi marta yozma shaklda Tokio nazorati ostida bo‘lgan va Xitoy da’vogarlik qilayotgan Senkaku (Dyaoyuydao) orollarini himoya qilish majburiyatini olganligini aytdi, deb yozadi “TASS”.
“Barak Obama prezidentligi davrida AQSh bunday va’dalarni og‘zaki tarzda bergandi, — dedi hukumat rahbari. — Ammo bu qo‘shma hujjatlarga kiritilmagan edi. Hozir esa bu birinchi marta yuz berdi. Mening asosiy maqsadim bizning hududimizga, suvimizga bostirib kirilgan holda, AQSh prezidenti muhim qaror qabul qilishini butun dunyoga ko‘rsatishdan iborat edi”.
Bosh vazir Abe, shuningdek, Trampning qo‘shma bayonotga ikki mamlakatning Senkaku orollari joylashgan Sharqiy Xitoy dengizidagi hamkorligi to‘g‘risidagi bandni kiritishga rozilik berganini “tarixiy voqea” deb atadi.
Izoh (0)