Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung korporatsiyasining bir necha rahbarini hibsga olish uchun sudga so‘rov yo‘llashi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Maxsus prokuror ofisi vakiliga ko‘ra, Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xe qurshovidagi korrupsiyaviy mojaro ishi bo‘yicha Samsung vitse-prezidenti Li Chje Yondan tashqari, korporatsiyaning yana to‘rt nafar rahbari javobgarligi ko‘rib chiqilmoqda.
Ularni qamoqqa olish uchun so‘rov yo‘llash zarurati haqidagi qaror so‘roqlardan so‘ng qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq korrupsiyaviy mojaroni tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya Li Chje Yonni gumonlanuvchi sifatida yana so‘roqqa chaqirgani ma’lum qilingandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)