Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sapar Isoqov jurnalistlar uchun brifing chog‘ida prezidentlik lavozimiga nomzodi ilgari surilishi haqidagi ovozalarga izoh berdi. Bu haqda K-News ma’lum qildi.
Avvalo, bu bugungi brifing mavzusi emas. Shunday bo‘lsa-da, javob beraman. Mazkur masala kun tartibiga qo‘yilmagan, qolaversa, menga bu haqda hech narsa ma’lum emas.Respublikaning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayevning vakolatlari 2017-yil oxirida yakuniga yetadi.Sapar Isoqov, Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari
Mamlakat qonunlariga ko‘ra, bir kishi ikki muddatdan ortiq davlat rahbari lavozimini egallash huquqiga ega emas.
Qirg‘izistondagi saylovoldi kampaniyasi rasman 2017-yil kuzida boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)