Oq uy AQSh prezidentligiga saylovlarda qalbakilashtirish holatlari kuzatilgani borasida ko‘p miqdorda dalillarni taqdim etdi, deb yozadi “TASS” AQSh prezidenti Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Stiven Millerga tayanib.
“Oq uy saylovda qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha juda ko‘p dalillarni taqdim qildi, bunda gap bittadan ko‘p shtatda ro‘yxatdan o‘tgan odamlar, ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tgan marhumlar haqida bormoqda”, — dedi Miller.
Tramp saylovlarda yo‘l qo‘yilgan qalbakilashtirish holatlari bo‘yicha keng ko‘lamli tekshirish o‘tkazish qarori haqida bir necha marta ogohlantirgan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, turli firibgarliklar natijasida millionlab ovozlar uning sobiq raqibi Hillari Klinton aktiviga noqonuniy ravishda kiritilgan.
Prezident ushbu firibgarliklarni tekshirish uchun vitse-prezident Maykl Pens rahbarligida komissiya tuzilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)