Keniya hukumati qurg‘oqchilik munosabati bilan oziq-ovqat yordami so‘rab, dunyo hamjamiyatiga murojaat etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Biz xalqaro sheriklarni vaziyatni izga solish borasidagi urinishlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Hukumat 70 million dollar ajratdi. Keniyaning 47 mintaqasidan 23 tasiga ko‘mak talab etilmoqda. Hukumat berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va naqd to‘lovlarni hozirgidan ikki barobar ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.Qizil Xoch tashkilotiga ko‘ra, Keniyada 2,7 million kishi oziq-ovqat yordamiga muhtoj.Uxuru Keniata, Keniya prezidenti
BMT Butundunyo oziq-ovqat dasturi mamlakatga ko‘mak berish, jumladan, 428 ming o‘quvchiga maktab taomlarini taqdim etish uchun yaqin 9 oy mobaynida 22 million dollar talab etilishini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)