Chuy viloyatidagi Krasnaya rechka — Nurmanbet avtoyo‘lining 6-kilometrida 13-fevral, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 01:05 da ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
Vazirlikka ko‘ra, Mercedes-Benz va Audi-80 yengil avtomobillari to‘qnashgan.
“To‘qnashuv oqibatida 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, bir kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. Kasalxonada yana 3 kishi qolmoqda, ulardan biri og‘ir holatda bo‘lib, jonlantirish bo‘limiga yotqizildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)