Parij rasmiylari Eyfel minorasi atrofida o‘q o‘tmas shaffof oynadan devor qurishga qaror qildi. Mazkur to‘siq shu yil bahorida paydo bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Balandligi 2,5 metrli devor xavfsizlikni ta’minlash, Parijning eng mashhur obidasini teraktlardan himoya qilish uchun barpo etiladi. Minora atrofidagi bog‘larning aksariyati to‘siq ortida qoladi.
Eyfel minorasi xavfsizligi va himoyasini kuchaytirish bo‘yicha barcha ishlar hududning tashqi qiyofasiga ziyon yetkazmasligi uchun shahar me’morlari bilan muhokama qilinmoqda.Devorni barpo etishga taxminan 20 million yevro sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.Jan-Fransua Martan, Parij meri yordamchisi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)