Xitoyga kelayotgan xorijliklar chegarani kesib o‘tishda barmoq izlarini topshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqdagi qaror mamlakat Davlat kengashi tomonidan yangi qoidalar tasdiqlanganidan so‘ng Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan qabul qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, daktiloskopiya jarayonidan o‘tish chegaradan o‘tayotgan 14 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha chet elliklar uchun majburiy.
Yangi qoida diplomatik pasport egalari, rasmiy delegatsiyalar a’zolari, davlat xizmatchilari, shuningdek, ikki tomonlama kelishuvlarda ko‘zda tutilgan boshqa shaxslarga tegishli bo‘lmaydi.
Barmoq izlarini tushirish bo‘yicha birinchi punkt 10-fevraldan Guandun provinsiyasining Shenchjen shahri aeroportida ish boshlaydi. Keyinchalik bu amaliyot boshqa chegarani kesib o‘tish hududlarida ham joriy etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)