Xonadonga joylashishni rejalashtirishda mayda-chuydalargacha hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu mebellarning joylashish tartibiga ham tegishlidir.
To‘siqlarsiz joylashtiring
Mebellarni joylashtirishda ko‘rinishi bir-biri bilan mos tushishidan tashqari, o‘tish joyini to‘sib qolmasligiga ham e’tibor bering.
Mehmonxonadagi jurnal stolchasini divanga o‘tirishda xalal bermaydigan qilib joylashtiring.
Kirish zonasi qulay bo‘lsin
Uyga kirishda yoqimli kayfiyat uyg‘otuvchi manbalardan biri – hamma jihozlari o‘z joyini topib joylashtirilgan dahliz hisoblanadi.
Ustki kiyimlarni ham, oyoq kiyimlarini ham joyiga qo‘yishda hech narsaning xalal bermasligi albatta juda yoqimli.
Televizorga yaqin o‘tirmang
Dam olish xonasi uchun eng zarur jihozlar – divan va televizor hisoblanadi. O‘rtacha kattalikdagi (35—40 dyuym) ekranli televizorlar uchun ularning orasi 1,8 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Izoh (0)