Bir kunda 8 piyola suv ichish kerakligi va shunga o‘xshash gaplarni ommaviy axborot vositalari orqali ko‘p eshitamiz. Hatto diyetologlar ham ko‘pincha bu gaplarni tasdiqlashadi. Lekin oziq-ovqatlar va ichimliklar dunyosi borasidagi bu gaplarning qaysi biri haqiqat-u, qaysi biri yolg‘onligini ushbu maqola orqali bilib olasiz.
Sut mahsulotlari – kalsiyning asosiy manbai
Haqiqatan ham sut mahsulotlari tarkibida D vitamini va kalsiy mavjud, ammo bu vitaminlar karam va ismaloqda ham bor.
Go‘sht uchun yog‘och taxtalar ishlatish mumkin emas
Aytishlaricha, go‘shtni kesish paytida yog‘och taxta ustida paydo bo‘lgan mayda yoriqlarda xom go‘sht va bakteriyalar to‘planib qolar ekan. Lekin, plastik taxtaning ham hech qanday antibakterial xususiyatga ega emasligi Kaliforniya universitetida ilmiy jihatdan isbotlab berilgan.
Suvga tuz solinsa tezroq qaynaydi
Hatto professional oshpazlar ham bunga ishonishmaydi. Lekin kimyo fani qonunlari shuni ta’kidlaydiki, suvga qo‘shilgan tuz miqdori uning qaynash nuqtasiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Bir kunda 8 piyola suv ichish zarur
Aniq qilib belgilangan miqdorga rioya qilish shart emas, qancha xohlasangiz shuncha suv ichishingiz mumkin. Organizm ba’zida kam, ba’zan esa o‘rtacha me’yordan ko‘proq suv talab qilishi ham mumkin.
Izoh (0)