Oq uy bir-ikki kunga Floridadagi “qishki bosh qarorgoh”ga borib keladi. AQSh prezidentining matbuot kotibi Shon Spayser bu haqda jurnalistlar uchun brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Aslida gap shunchaki Donald Trampning yaqin bir-ikki kunga o‘zining Floridadagi Mar-a-Largo qo‘rg‘oniga ketishi haqida borayotgan edi, ammo Spayser prezident “qishki Oq uy”ga otlanayotganini aytdi. “Floridada turib, u maslahatchilar va apparat xodimlari bilan telefon orqali suhbatda bo‘ladi. Voqealarga boy navbatdagi hafta Amerika xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda rejalashtiriladi”, — deya aniqlik kiritdi Spayser.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni Tramp Floridaning Tampa shahri yaqinidagi Makdill aviabazasida AQSh Markaziy qo‘mondonligi va maxsus topshiriqli bo‘linmalar qo‘mondonligiga tashrif buyuradi. Dushanba kuni kechqurun prezident Vashingtonga qaytib keladi.
Izoh (0)