Toshkentda 28-yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi jamoasiga yo‘llagan tabrigini bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.
Prezident farmoniga binoan “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir guruh xodimlari mamlakatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda ana shu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. Tantanali marosim konsert dasturi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, milliy aviakompaniya O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston milliy aviakompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra tashkil etilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)