Tirnoqlar uyda ishlatiladigan kimyoviy tozalash vositalari, tirnoq uchun laklar va iqlim sharoiti ta’siri natijasida ham sarg‘ayishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘pincha organizmda kalsiy moddasi yetishmasligi natijasida tirnoqlar sarg‘ayadi.
Tirnoqlardagi sariqlikni sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va to‘g‘ri parvarish qilish yordamida yo‘qotish mumkin.
Efir yog‘lari va limon sharbatidan tayyorlangan niqob juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Niqob uchun 1 choy qoshiq jojoba yog‘i, 3-4 tomchi ilang-ilang efir yog‘i va yarimta limon sharbati kerak bo‘ladi.
Moychechakli vanna ham juda foydali. 2-3 osh qoshiq moychechakni 1 piyola qaynoq suvga solib 20 daqiqa damlab qo‘ying. Tayyor bo‘lgan damlama ichida tirnoqlaringizni 15 daqiqa tutib turing va vanna qilib bo‘lganingizdan so‘ng tirnoqlaringizni limon sharbati bilan arting.
Izoh (0)