Andijon shahrida yangi ko‘rinishdagi, oyna qoplamali bekatlar qurilmoqda, deya xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi sayti.
Oynavand bekatlarda yo‘lovchilar uchun kutish zali, qulay o‘rindiqlar, oziq-ovqat do‘koni joylashgan. Bu bekatlarda kommunal va telefon xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish ham mumkin.
Bunday bekatlarning dastlabkilari shaharning Mashrab va O‘zbekiston ko‘chalarida qurib, foydalanishga topshirilgan. Hokimlik saytining alohida qayd etishicha, Mashrab ko‘chasida joylashgan bekatda besh nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta‘minlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)