O‘zbekiston hukumati joriy yilda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalarini to‘liq hajmda to‘lash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Harakatlar strategiyasi muhokama qilinayotgan media-haftalik doirasidagi chiqishi chog‘ida moliya vazirining o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Hozirda bu me’yor “Nuroniy” jamg‘armasi xodimlariga qo‘llanmoqda. Bugungi kunda mazkur masala dolzarb bo‘lib, bu yo‘nalishda ishlayapmiz. Biz tomonimizdan ishlayotgan pensionerlar pensiyasini to‘liq hajmda olishiga imkon beruvchi tegishli taklif tayyorlanmoqda.Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mehnat faoliyati bilan band pensionerlar ularga hisoblangan pensiyaning 50 foizini oladi.Mubin Mirzayev, Moliya vazirining o‘rinbosari
Mavzuga doir: O‘zbekistonda pensionerlarga jamoatchilik transportidan bepul foydalanishga imkon beruvchi qaror bir oy ichida qabul qilinadi
Izoh (0)