O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida eksport hajmlarini oshirishga qaratilgan shartnomalar imzolandi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
“O‘zsanoateksport” AJ va “O‘ztadbirkoreksport” AJ vakillarining Kiyevga tashrifi davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 7 million dollardan ortiq summadagi mahsuloti eksporti, xususan, 30 ming tonna ammiak selitra va shuncha karbamid yetkazib berilishi yuzasidan shartnomalar tuzildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni muntazam ravishda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Ukrainada 2017-yil fevralidan boshlab savdo uylari tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)