Aktrisa Shahzoda Muhamedova qanday insonga turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Aktrisa “o‘z orzusidagi erkak” qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini birma-bir sanab chiqqan.
Hamma “To‘yingiz qachon?”, deydi. Ko‘plab savollarga javoban: nasib etsa, orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolni qadriga yetadigan, madaniyatli, mehrli, lafzli, or-nomusli, qalbi, amali va vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman.Bir muddat avval aktrisa Shahzoda Muhamedova rejissor Azamat Ahrorovga turmushga chiqishi haqida xabar berilgan edi.Shahzoda Muhamedova, aktrisa
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)