Marhum xonanda Muhriddin Xoliqovning mashhur qo‘shiqlaridan biri — “Parizod”ni qayta kuylagan Shohruxxon unga klip suratga oldirdi. Bu haqda “PopCornUz.com” xabar bermoqda.
Klip rejissor Dilmurod A’zamov tomonidan suratga olingan, operatorlik ishi Rustam Murodov tomonidan bajarilgan. Klipda bosh rollarni aktrisa Zarina Nizomiddinova va kirakash obrazidagi Shohruxxon ijro etgan.
Muhriddin Xoliqov kuylagan “Parizod” va uning klipi quyidagicha edi:
Qayd etish joiz, Shohruxxon xonanda Muhriddin Xoliqovning ijodiga birinchi marta murojaat qilayotgani yo‘q. Avvalroq xonanda ustoz san’atkorning “Komila qiz” qo‘shig‘ini ham yangicha talqinda kuylagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)