Amerikalik aktyor Shaya Labaf Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganiga norozilik tariqasida art-loyihani ishga tushirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
U barcha istovchilarga Nyu-Yorkdagi harakatlanuvchi tasvir muzeyi oldida o‘rnatilgan kamera qarshisida “U bizni ajrata olmaydi” (He will not divide us) so‘zlarini takrorlashni taklif qildi. Mazkur jumlani istalgan vaqt davomida va cheklanmagan miqdorda qaytarish mumkin.
Yuz berayotgan holat videosi Trampning prezidentlik muddati davomida to‘xtovsiz translyatsiyaga aylantirib boriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)