Namangan viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Isomiddinovning virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyatda arxitektura va qurilish sohasidagi hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflarni endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yo‘llash mumkin.
Boshqarmaning veb-saytida http://rahbar.namangan-aqbb.uz/ veb-manzili orqali murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Shuningdek, murojaatlarni boshqarmaning (0369) 227-81-21 raqamli “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirish mumkin.
Virtual qabulxonada nafaqat murojaatlar jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Mavuzga doir: Yangiqo‘rg‘onda Xalq qabulxonasi tashkil etildi
Izoh (0)